9- may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Toshkent metropoliteni bekatlaridagi monitorlarda Ikkinchi jahon urushi yillari voqealari aks etgan kino va fotolavhalar qo`yib boriladi. Bu haqda “O`zarxiv” agentligi xabar qiladi.
Shuningdek, agentlik tomonidan urushda qatnashgan ajdodlarimiz ruhi-poklarini yod etish, qadrlash va o`sha davr nafasini bir zumga yodga olish maqsadida 4 – 14 may kunlari Toshkent fotosuratlar uyida “Xalq xotirasi muqaddasdir” nomli arxiv foto va hujjatlar ko`rgazmasi bo`lib o`tadi.







