AsosiyDunyo

Amerikalik erkak narxi million dollarlik noyob tanga topdi

'Amerikalik erkak narxi million dollarlik noyob tanga topdi'ning rasmi

Amerikalik numizmat Yangi Angliyada million dollarga baholanuvchi noyob tangani topdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Mazkur tanga 1854 yilda San-Fransiskoda zarbxonasida zarb etilgan. Kaliforniyada yuz bergan oltin vasvasasi vaqtida bunday tangalardan bor-yo`g`i 268 nusxa ishlab chiqarilgan. Shu paytgacha ularning uch donasi topilgan edi. Bu to`rtinchi topilma bo`ldi.

Kolleksioner tangalarni qanday qilib qo`lga kiritganini oshkor qilishni istamadi. U uzoq vaqtlar mobaynida tanganing soxta emasligini isbotlashga uringan. Natijada u dunyodagi eng yirik, tangalarning haqiqiyligini aniqlab beruvchi Numismatic Guaranty Corporation ekspertlik kompanichsiga murojaat qilishga majbur bo`lgan.

1854 yilda zarb qilingan tangalardan biri Vashingtondagi Smitsonlar institutida, biri afsonaviy numizmat Devid Poganing kolleksiyasida, uchinchisi esa Amerikaning eng boy xonadonlaridan biri bo`lgan Uilss Dyuponda saqlangan. 1967 yilning oktyabr oyidla Dyuponning xonadoniga o`g`irlikka kirgan qurollangan bosqinchilar milliarderni, uning 4 yoshli o`g`lining, xizmatkorining qo`lini bog`lab, rafiqasini seyfni ochishga majbur qiligan va 50 ming dollar pulni, qimmatbaho taqinchoqlarni, 1854 yilda zarb etilgan tillan tangalarni o`g`irlab ketishgan. Shundan keyin tangalarning keyingi taqdiri noma`lumligicha qolgan.

    Boshqa yangiliklar