1

4 yoshli qizchaning qo`l terisiga singib ketgan rezinka operasiya orqali olindi

Dunyo 28.04.2018, 08:03
4 yoshli qizchaning qo`l terisiga singib ketgan rezinka operasiya orqali olindi

Xitoyning Anxoy provinsiyasida oylar davomida 4 yoshli qizchaning terisiga qo`lidan echmagan rezinka singib ketgan, oqibatda u operasiya yordamida olib tashlandi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Qizchaning buvisi va buvasi yanvar oyida uning shishib ketgan elkasiga e`tibor qaratishdi. Qizcha qo`li og`riyotgani haqida shikoyat qilsa-da, qariyalar qizchaning qo`shni provinsiyada ishlovchi ota-onasi kelguncha, biror chora ko`rishga shoshilishmagan. Uyga qaytgan ota-ona qizlarini zudlik bilan kasalxonaga olib borishdi.

Shifokorlar voqeaning asl sababini topgunga qadar ular bir necha shifoxonaga murojaat qilishga majbur bo`lishdi. Mutaxassislarning aniqlashicha, qizcha qo`liga taqqan rezinkani 6 oy mobaynida echmagan.

Ultratovush exografiyasi barcha savollarning javobini topdi. Teriga singib ketgan rezinkani olib tashlash uchun jarrohlar qizchaning qo`l terisini kesishga majbur bo`lishdi. Jarrohlik operasiyasi bor-yo`g`i 30 daqiqa davom etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1