AsosiyJinoyat

Buxoroda firibgar qurilish tashkiloti rahbarining kirdikorlari oshkor etildi

'Buxoroda firibgar qurilish tashkiloti rahbarining kirdikorlari oshkor etildi'ning rasmi

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Ayronchi qishlog`ida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan, “Arxitektor-Hamkor” xususiy korxonasi rahbari Egamov Asliddin Baxriddinovich, fuqarolarni aldash va ishonchini suiste`mol qilish yo`li bilan ularning pul mablag`larini qo`lga kiritishning yangi usulini o`ylab topdi.

Shu maqsadda “Arxitektor-Hamkor” nomli xususiy korxonasini tashkil qilib, fuqarolarning ishonchiga kirish uchun Buxoro shahar “31-TV” ma`suliyati cheklangan jamiyati televideniyasi orqali mazkur korxona to`g`risida efirga reklama berilishiga erishib, reklama uchun to`lanishi lozim bo`lgan 7.200.000 so`m pullarni bermasdan o`zining dastlabki firibgarlik jinoyatiga qo`l uradi.

Televidenie orqali ushbu qurilish korxonasining “qulay” xizmatlari va “taklif”laridan boxabar bo`lgan fuqarolar ko`p vaqt o`tmay korxona rahbariga murojaat qila boshlaydilar.

Buxoro shahar, Iftixor ko`chasi, 11-uyda yashovchi Mizrob Achilov hamda A.Somiy ko`chasi, 41-uy, 9-xonada yashovchi Inoyat Po`latovlar ham ushbu reklamaga qiziqib Asliddin Egamovga murojaat qilib dog`da qolganlardan.

Korxona rahbari ularga uy yoki boshqa binolarni qurib berishini va`da berib, ular bilan soxta shartnomalar tuzib, o`zining Samarqand ko`chasi, 86-uyda joylashgan ofisida M.Achilovdan 182.540.000 so`m va I.Po`latovdan esa 35.000.000 so`m pullari qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ladi.

Ularga va`da qilgan qurilishlarni tugatib bermasdan pullarni o`zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan Asliddin Egamov, hattoki, ushbu qurilishlarda yollanma ishchi sifatida ishlagan ustalarning ham 33.000.000 so`mlik ish haqlarini, bundan tashqari, qurilishda ishlatilgan qurilish mollari, asfalt, sement kabi qurilish xomashyolarini etkazib bergan fuqarolarni ham aldab ularga ko`p miqdorda moddiy zarar etkazib, bir qator firibgarlik jinoyatlarini sodir qilganligi aniqlandi.

Buxoro viloyati IIB xabariga ko`ra, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Egamov Asliddin Baxriddinovichga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1,3 va 4-qismlari, 228-moddasi 1,2 va 3-qismlari ayblov e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar