AsosiyJinoyat

Sergelida mudhish voqea yuz berdi: 37 ayol ota-onasini pichoqladi

'Sergelida mudhish voqea yuz berdi: 37 ayol ota-onasini pichoqladi'ning rasmi

Ota-ona degan nomni har qancha ulug`lasak shuncha oz. Ota-ona farzandini komil inson qilib tarbiyalash uchun borini beradi. Farzandlar esa ulg`aygach, ota-onaning xizmatini ado etishadi, keksalik yoshiga etganlarida ularga ehtirom ko`rsatishadi va e`zozlashadi. Biroq, jamiyatimizda shunday insonlar borki, ular insoniylik qiyofalarini yo`qotib, o`z farzandlik burchlarini unutib, ota va onalarini haqorat qilib, ularga qo`l ko`tarib, ayrim hollarda ularga tan jarohati etkazib, o`limlariga ham sababchi bo`lmoqdalar.

Mana shunday farzandlardan biri, shu yilning 28 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani Sputnik dahasida yashovchi 1981 yilda tug`ilgan M.M. oilaviy janjal oqibatida, o`z otasi B.M.ning qorin qismiga hamda onasi K.M.ni ko`krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada ota va ona olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Oqpadar farzand esa qo`lga olinib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo sadoqat - yo falokat masalasidir”, degan so`zi qanchalik haqiqat ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

    Boshqa yangiliklar