O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 apreldagi farmoyishiga muvofiq 9 may umumxalq bayrami - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga qimmatbaho qo`l soatlari sovg`a qilinmoqda. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati xabar berdi.
Ta`kidlash joizki, Farmoyishda O`zbekiston Respublikasida jami 1065 dona qo`l soatini taqsimlash ko`zda tutilgan bo`lib, shundan 27 dona qo`l soat Qoraqalpog`iston Respublikasi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga sovg`a qilinadi.






