1

Avstraliyada o`qituvchi va talabalar badbo`y hid tufayli yotoqxonadan evakuasiya qilindi

Dunyo 30.04.2018, 11:43
Avstraliyada o`qituvchi va talabalar badbo`y hid tufayli yotoqxonadan evakuasiya qilindi

Avstraliyaning Melbrun universiteti o`qituvchi va talabalari badbo`y hid tufayli yotoqhonadan evakuasiya qilindi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da universitet yotoqxonasidan o`t o`chiruvchilarga badbo`y hid haqida xabar berilgan. Guvohlarning aytishicha, yoqimsiz hid yotoqxonaning kutubxonasidan taralgan. O`quv muassasi hududida xavfli kimyoviy vositalar saqlanganligi sababli tekshiruv ishlari boshlangan.

Odamlar evakuasiya qilingandan keyin bu hid manba achib qolgan durian mevasi ekanligi ma`lum bo`lgan. Shkafda qolib ketgan meva chirib, uning badbo`y hidi ventilyasiya orqali kampusga tarqalgan.

Ayni paytda universitet ochilib, o`z ishini davom ettirmoqda. Durian — Janubi-Sharqiy Osiyo tropik o`rmonlarida o`suvchi meva bo`lib, u o`zidan juda yoqimsiz hid taratadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1