AsosiyJamiyat

Rejep Tayyip Erdo`g`on Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo`ydi

'Rejep Tayyip Erdo`g`on Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo`ydi'ning rasmi

Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo`lib turgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi.

Rejep Tayyip Erdo`g`on O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ham gulchambar qo`ydi.

Buyuk davlat arbobi, mustaqilligimiz asoschisining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

    Boshqa yangiliklar