1

Xitoyda akrobatik parvozlar shousi bo`lib o`tdi

Dunyo 01.05.2018, 10:12
Xitoyda akrobatik parvozlar shousi bo`lib o`tdi

Xitoyning Xenan provinsiyasidaChina air showxalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Unda dunyoning bir qator mamlakatlaridan kelgan uchuvchilar o`z mahoratlarini namoyish etishdi.

Chjenchjou shahridagi aeroportdatashkil etilganshouda Buyuk Britaniya, Italiya, AQSh, Litva kabi bir qator mamlakat vakillari qatnashishmoqda. Unda jami 9 ta jamoa ishtirok etmoqda. Tadbir davomida uchuvchilar akrobatik parvozlarni amalga oshirib, osmonda antiqa tryuklarni namoyish etishdi.

Italiyaning “Pioner” jamoasi 4 ta samolyot yordamida havo raqsini taqdim etgan bo`lsa, Britaniyaning “Aerospark” jamosi vakillari o`z chiqishlarini 2 ta samolyot yordamida bajarishdi. Ko`rgazmali chiqishda 80 turdagi, jami 233 ta samolyotlar ishtirok etdi.

Shuningdek, bu erda dunyoning eng mahoratli uchuvchilari bir qator mahorat darslarini ham o`tkazishmoqda. Mazkur tadbir 2014 yildan buyon o`tkazib kelinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1