Markaziy Amerikalik muhojirlar karvoni Meksika - AQSh chegaralarida qurilgan devorlardan oshib o`tishmoqda, deb xabar berdi Lenta ru nashri.
Qochoqlar turli yo`llar bilan xususan panjaralarni buzib chegaradan o`tib ketishga urinishmoqda.
Hozirda Gonduras, Gvatemala, Salvadorkabi mamlakatlar fuqarolaridevorlardan o`tib AQShning San-Diego shahriga etib kelishgan. Shuningdek, yana bir guruh qochoqlar Meksikaning Tixuana shahriga boshpana izlab kelishgani xabar qilinmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda , chegaradan oshib o`tgan muhojirlar soni 400 nafardan oshib ketgan.
Barcha muhojirlar xuquqlarining hurmat qilinishini talab qilmoqda. Hozirda ularning ko`pchiligi og`ir ahvolda bo`lib, ayrimlari hozirda Los-Anjelesga boshpana izlab ketishgan.
Meksika va AQSh chegaralaridan noqonuniy tarzda o`tayotgan muhojirlar karvoni bir oydan buyon tingani yo`q. AQSh prezidenti Donald Tramp esa ushbu holat yuzasidan choralarni yanada kuchaytirish, mamlakat chegarasidan biror kishi noqonuniy tarzda o`tishiga yo`l qo`ymaslik kerakligini ta`kidlagan.
Ba`zi bir qochoqlar esa hukumatdan mamlakatga qolish uchun ruxsat so`ragan. Biroq, ushbu iltimoslari rad etilgan va muhojirlarning hammasi o`z vataniga deportasiya qilinmoqda.






