AsosiyJamiyat

O`zbekistonda oliy ta`lim muassasalari xodimlarining maoshi oshiriladi

'O`zbekistonda oliy ta`lim muassasalari xodimlarining maoshi oshiriladi'ning rasmi

Respublika oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Mazkur qaror 81 ta oliy ta`lim muassasasi professor-o`qituvchilari va 136 ta ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tarkibining barcha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari sezilarli oshirilishini nazarda tutadi.

Jumladan, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tabaqalashtirilgan holda:

— oliy ta`lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o`qituvchilarining — o`rtacha 25 foizga va stajer-o`qituvchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor ish haqining miqdorlari o`rtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish;

— ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish va innovasiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy xodimlarining — o`rtacha 25 foizga va stajyor-tadqiqotchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega bosh ilmiy xodim ish haqining miqdorlari o`rtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish;

— bazaviy doktoranturada ta`lim olayotgan shaxslarga — ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bo`lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo`lgan) kichik ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar;

— doktoranturada ta`lim olayotgan shaxslarga — fan nomzodi (yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga va xorijiy davlatlarning tegishli mutaxassislik bo`yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ilmiy darajasiga yoki ilmiy unvonga ega bo`lgan etakchi ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar to`lanishi belgilab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar