AsosiyJamiyat

Prezidentga xat yozgan bolaning oilasiga uy sovg`a qilindi

'Prezidentga xat yozgan bolaning oilasiga uy sovg`a qilindi'ning rasmi

Davlat rahbari unga ochiq xat yozib, oilasini uy-joy bilan ta`minlashni so`ragan 14 yoshli o`smirga uy sovg`a qildi. Xatida u onasi bilan ijara uyda yashashga, doimiy ko`chib yurishga majbur ekanini yozgan. Bugun Xudoybergan Azizovning Facebook’dagi sahifasida xat prezidentga etib borgani va u oilaga uy hadya qilgani haqida post paydo bo`ldi, deb yozadi «Xabar.uz».

«Dunyo mo``jizalar va qahramonlarni yaxshi ko`radi. Bu haqda Bernard Shou aytgan edi, mening hayotimda haqiqiy mo``jiza sodir bo`ldi va Prezident Shavkat Mirziyoev mening qahramonimga aylandi.To`g`ri aytishar ekan, agar nimanidir juda qattiq istasang, bu albatta sodir bo`ladi deb.

Men onamga yordam berishni juda ham xohlagan edim, unga uy olib berishni istardim. Onamning yuzida anchadan beri kulgini ko`rmagan edim va bu meni juda xafa qilardi», — deb yozadi u sahifasida.

    Boshqa yangiliklar