Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili doirasida
“FAOL TADBIRKOR – IJODKOR NIGOHIDA”
respublika ijodiy tanlovini e`lon qiladi!
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini, shu jumladan, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovasion, ya`ni zamonaviy yondashuvlar, ilg`or texnologiyalar asosida shakllantirib, boshqalarga o`rnak bo`layotgan, bir so`z bilan aytganda, zamonamiz qahramonlari deyishga arziydigan ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar siymosini yaratishga chog`langan ijodkor qalamkashlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Tanlov
– “Eng yaxshi badiiy asar”;
– “Eng yaxshi publisistik maqola”;
– “Eng yaxshi videorolik” yo`nalishlarida o`tkaziladi.
Har bir yo`nalishda l, 2, 3-o`rin g`olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.
1-o`rin g`olibiga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida.
2-o`rin g`olibiga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida.
3-o`rin g`olibiga eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida.
Shuningdek, “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”, “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” nominasiyalari bo`yicha rag`batlantiruvchi mukofotlar ta`sis etilgan.
Asosiy hamkorlarimiz – O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi. Axborot hamkorlarimiz – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018 yilning 1 noyabriga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Nukus ko`chasi, 73-A uy, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi.
Murojaat uchun telefonlar: (0371) 255-29-91, 254-01-22
Elektron pochta: tanlov@uzlidep.uz
Tanlov g`olib va sovrindorlari 2018 yil 8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e`lon qilinadi.






