Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Rajab Tayyip Erdo`g`on Ark qo`rg`oniga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining rasmiy veb-sayti.
Buxoro shahridagi ushbu qadimiy qal`a xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi.
Ikki davlat rahbarlari Ark-viloyat o`lkashunoslik muzeyi bilan tanishdi, bu erdagi noyob osori-atiqalarni ko`zdan kechirdi.








