26 aprel kuni Janubiy Koreyaning Inchxon shahar aeroporti farroshi g`aroyib topilmani qo`lga kiritdi, deb xabar berdi News.mail.ru nashri.
Farrosh chiqindi konteyneridan gazetaga o`ralgan, har biri bir kilogrammdan bo`lgan 7 ta oltin yombilarni topgan. Uning umumiy qiymati uch yuz o`ttiz ming dollarni tashkil etadi.
Hozirgacha oltin yombilarning egasi topilmadi. Agar 6 oy mobaynida uning egasi aniqlanmasa, mamlakat qonunchiligiga binoan barcha yombilar farroshga nasib etadi. Topilmaning egasi ma`lum bo`lgan taqdirda ham farrosh 5% dan 20 % gacha o`z ulushini talab qilishga haqli.
Mabodo oltin yombilar jinoyatchilik yo`li bilan o`zlashtirilgan bo`lsa, farrosh hech narsasiz qoladi.






