AsosiyDunyo

Sayyohlar “Sibir kuydirgisi” xavfidan ogohlantirildi

'Sayyohlar “Sibir kuydirgisi” xavfidan ogohlantirildi'ning rasmi

Ninsya (Xitoy muxtor viloyati) mahalliy hokimliklari tarqatgan xabarga asoslanib “Rospotrebnadzor” ( Rossiya iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va inson salomatligini nazorat qilish federal xizmati) sayyohlarni Xitoyda o`ta yuqumli kasallik tarqalganidan ogohlantirdi.

Ma`lum bo`lishicha, Xitoy hududi markazining shimoliy qismidagi aholi punktlarida yashovchi uch nafar insonda “Sibir kuydirgisi”ning teri shakli aniqlangan. Bemorlarning biri hozirda vafot etgan bo`lsa, qolganlari shifoxonada. 25 kishi xavfli kasallikni yuqtirib olganlar bilan aloqada bo`lgan.


Hozirda o`tkir yuqumli kasallik qayd qilingan hududda karantin e`lon qilingan bo`lib, qoramol bozorlari ham yopib qo`yilgan.

Ma`lumot uchun: Sibir kuydirgisi (Sibir yarasi, antraks)- inson va hayvonlarga xos bo`lgan o`tkir yuqumli kasallik bo`lib, teri va teri osti to`qimalarida serozli va gemoragik shishlar paydo bo`lishi bilan xarakterlanadi. Kasalik odamlarga kasal hayvonlarni parvarishlaganda, kasallangan hayvonlardan olingan teri, junga ishlov berganda, kasallangan hayvonlarning suti va go`shtini iste`mol qilgan xollarda, veterinariya mutaxassisi ruxsatisiz hayvonlarni so`yish, veterinariya ko`rigidan o`tmagan chorvachilik mahsulotlarini iste`mol qilish oqibatida yuqadi.

    Boshqa yangiliklar