Nigeriyaning Adamava shtatidagi Mubi shahridajoylashgan masjidda portlash sodir etildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Hodisa tufayli kamida 27 kishi hayotdan ko`z yumgan.
Shaharning shimoliy-sharqiy hududidagi masjidda ketma-ket 2 ta portlash yuz berdi. Terrorchi-xudkushlardan biri masjid ichida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. So`ngra masjiddan 200 metr nariroqda yana bir terrorchi o`zini portlatgan.
Voqea oqibatida 27 kishi qurbon bo`lgan bo`lsa, yana 56 nafar inson yaralanib shifoxonaga yotqizildi. Ma`lum qilinishicha, mazkur xujum mahalliy Boko Xaram jangarilar guruhi tomonidan sodir etilgan.
Ushbu guruh a`zolari xudkush-terrorchilardan iborat bo`lib, ular aholi punktlarida tez-tez portlashlar va turli xil hujumlar uyushtirib turishadi. So`ngi bora 26 aprel kuni Boko Xaram jangarilarimamlakatning Borno shtatida portlash sodir etgan, oqibatda 4 kishi qurbon bo`lgan edi.






