BB hisobotiga ko`ra, dunyoda qariyb bir milliard aholi (Er yuzidagi jami aholining 13 foizi) hali hanuz elektr energiyasidan mahrum. Ularning 87 foizi qishloq joylarida yashamoqda. Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida elektr energiyasi taqchilligi darajasi yuqori bo`lib qolmoqda.
Shunga qaramay, BB ekspertlari kelgusida elektr energiyasi taqchilligi bartaraf etilishiga umid bildirgan. Bunga sabab 2010 yildan boshlab Er yuzi aholisining elektr energiyasi bilan ta`minlanganlik darajasi yuqorilay boshlaganidir. BB ehtimoliga ko`ra, o`sish sur`ati shunday davom etsa, 2030 yilga borib 674 million aholigina elektr energiyasiz yashayotgan bo`ladi.
Hisobotning yana bir xulosasiga ko`ra, aholisining elektr energiyasi bilan ta`minlanganlik darajasini oshirayotgan davlatlar orasida Hindiston birinchi bo`lib turibdi. Elektr energiyasidan foydalanayotganlar safiga har yili 30 million hindistonlik kelib qo`shilmoqda.
Yana bir ma`lumot: dunyoda bir necha o`n million aholi quyosh batareyalaridan foydalanadi. Faqat bu insonlar muqobil energiya sohasida tajribasi bor davlatlarda yashaydi.






