Markaziy Afrika Respublikasining poytaxti Bangi shahridagi cherkovga hujum uyushtirildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Xabar berilishicha, hodisa tufayli 15 kishi qurbon bo`lgan.
Notre Dam de Fatima cherkovida jangarilar qurol bilan odamlarni o`qqa tutgan. Shundan so`ng, bino ichkarisiga portlovchi moddalarni uloqtirishgan. 9 kishi voqea joyida halok bo`lgan bo`lsa, qolgan 6 kishi kasalxonada hayotdan ko`z yumgan. Qurbonlarning ikki nafari cherkov ruhoniylaridir. Ma`lumotlarga ko`ra, 50 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.
Guvohlarining so`zlariga ko`ra, hujumni ikki kishi sodir etgan. Ular motosikllarda kelib, bino ichiga qarata o`q uzishni boshlashgan. Voqea ro`y bergan vaqtda cherkovda avliyo Jozef kuni nishonlanayotgani sababli bino odamlar bilan gavjum bo`lgan.
Mazkur hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir terrorchilik guruhi o`z zimmasiga olgani yo`q.






