AsosiyDunyo

AQShda harbiy samolyot qulab tushdi

'AQShda harbiy samolyot qulab tushdi'ning rasmi

Jorjiya shtatida qulab tushgan S-130 harbiy-transport samolyotidagi to`qqiz kishining bari halok bo`lgan.

Avvalroq OAV tomonidan qurbonlar soni 5 nafar ekanligi aytilgandi.

Ma`lum bo`lishicha, Puerto-Riko Milliy gvardiyasining 156-aviasiya bo`linmasiga tegishli S-130 Arizonadagi Devis-Montan havo kuchlari bazasiga uchib borishi kerak bo`lgan. Ammo u manzilga etmay avtomagistralga qulab tushgan. Bu vaqtda yo`lda bironta ham avtomobil bo`lmagani polisiya vakili tomonidan mo``jiza deb aytildi. Yo`qsa falokat qurbonlari soni yana oshgan bo`lardi.

Malumot uchun: “Hercules” S-130 nafaqat AQSh balki boshqa ko`plab davlatlar havo kuchlarining asosiy taktik-transport samolyotidir. U 20 tonnaga yaqin yuk ko`tara oladi. Modifikasiyasiga qarab, S-130ga pulemyot-zambarak o`rnatish mumkin. Samolyot o`zida 90 dan ziyod askar yoki 60 ta parayushtichini sig`dira oladi.

    Boshqa yangiliklar