AsosiyDunyo

AQSh va Xitoy savdo urushi: Va nihoyat muzokara!

'AQSh va Xitoy savdo urushi: Va nihoyat muzokara!'ning rasmi

AQShning alyuminiy va po`latga boj kirgizishi Xitoy noroziligiga sabab bo`ldi. Shundan so`ng ikki davlat o`rtasidagi savdo ziddiyati chuqurlasha bordi. Dastlab Qo`shma Shtatlar o`z mahsulotlarining intelektual huquqlari Pekin tomonidan buzilayotganini ro`kach qilib, Xitoyning 1,3 ming nomdagi tovariga import bojlar miqdorini oshirdi. Shu yo`l bilan Amerika Xitoy bilan ko`p milliardlik savdo defisitini kamaytirishga erishmoqchi edi.

Bundan tashqari AQSh prezidenti XXR mahsulotlariga qo`yiladigan import bojlari miqdorini 100 milliard dollarga oshirish imkoniyatlarini aniqlash bo`yicha ko`rsatma ham berdi. Bunga javoban Xitoy Davlat kengashi Qo`shma Shtatlarning 106 nomdagi mahsulotiga 25 foizlik import bojini kiritish bo`yicha qaror qabul qildi. Yaqinda esa Donald Tramp import bojlarining yillik miqdori 150 milliard dollarga chiqishi mumkinligidan Xitoyni ogohlantirdi. Bunga Pekin tahdidga yarasha javob bo`lishi, savdo ziddiyatida g`alabagacha borishini ma`lum qildi.

Ikki davlat o`rtasidagi savdo urushining ana shunday avj nuqtasida AQSh prezidenti va nihoyat muzokara yo`lini tanlagan ko`rinadi.

Bugun Donald Tramp o`z “Twitter”ida AQSh delegasiyasi savdo muzokaralarini olib borish uchun Xitoyga borganini ma`lum qilgan.

“Bizning ajoyib jamoamiz Xitoyda. Ular savdoda bir hil “o`yin qoidalari”ni kelishib olishga harakat qiladi. Yaqin kelajakda XXR Raisi Si Szinpin bilan yana hamjihat bo`lishni kutaman. Bizning munosabatlarimiz hamisha yaxshi bo`lib kelgan” degan u.

AQSh Va XXRning savdo borasidagi muzokaralari Pekinda bugun boshlanib, ertaga ham davom etadi.

Avvalroq Amerika delegasiyasi safida moliya vaziri Stiven Mnuchin, savdo vaziri Uilbur Ross, davlat rahbari yordamchilari Larri Kudlou va Piter Navarro, AQShning Xitoydagi elchisi Terri Brensted kabilar borligi, Xitoy delegasiyasiga XXR Davlat kengashi rahbari Lyu Xe boshchilik qilishi ma`lum bo`lgandi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 2 aprelida o`tkazilgan matbuot anjumanida XXR tijorat vazirligining rasmiy vakili Gao Fen AQSh o`rtadagi savdo bahslarida Xitoy bilan hech qanday muzokaralarni olib bormayotgani, Oq uy bu borada xohish-istaklarini namoyon ham qilmaganini iddao qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar