“Islom davlati” terror harakati jangarilari Liviya milliy saylov komissiyasi bosh qarorgohida amalga oshirilgan hujum uchun javobgarlikni o`z bo`yniga oldi.
Xabarda qayd etilishicha, Tripolidagi qurolli hujum oqibatida 16 kishi qurbon bo`lgan, shuningdek, 19 kishining jarohatlangani aytilmoqda.
Chorshanba kuni ertalab qurollangan jangarilar guruhi saylov komissiyasi qarorgohiga hujum qildi, bu vaqtda milliy saylov komissiyasida saylovchilarni ro`yxatga olish ishlari olib borilayotgandi. Bino ichida ikkita portlovchi qurilma harakatga keltirildi. Bir vaqtning o`zida bino tashqaridan yoqib yuborilgan. Xavfsizlik kuchlari hujum qilganlar bilan otishmaga kirishgan.
Ayni damda bino jangarilardan ozod etildi, hududda o`t o`chiruvchilar va polisiya faoliyat olib bormoqda. Biroq, bu sa`y- harakatlarga qaramasdan ikki qavatli bino to`liq yonib, xarobaga aylandi.
Eslatib o`tamiz, shu kunlarda Liviyada 2018 yilning so`nggida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ishlari boshlangan.






