AsosiyJamiyat

Chempionning onasi kutubxona ochdi

'Chempionning onasi kutubxona ochdi'ning rasmi

Dzyudo bo`yicha jahon chempioni, ko`p karra yozgi Olimpiada o`yinlari sovrindori Rishod Sobirovning onasi Gulnora Rahmatova o`zi yashab turgan Jondor tumanidagi “Pahlavon” mahallasida kutubxona ochdi.

"Gulnora opaning bu tashabbusi biz uchun ayni muddao bo`ldi. Hududimizda 2,5 mingdan ziyod aholi yashaydi.Ularning salkam ming nafarini voyaga etmagan yoshlar tashkil etadi. Ular kutubxonaga kelib, o`zlarini qiziqtirgan kitoblarni mutolaa qilishayapti", — deydi mahalla fuqarolar yig`ini raisi Shuhrat Jo`raqulov.

"Xalq so`zi" nashri bergan xabarga ko`ra, mingdan ziyod kitob fondiga ega bu maskandan yangi chop qilingan adabiyotlarni sotib olish imkoniyati ham yaratilgan.

    Boshqa yangiliklar