AsosiyDunyo

Sherning odamga qilgan hujumi videoga olindi (Video)

'Sherning odamga qilgan hujumi videoga olindi (Video)'ning rasmi

JARning shimoliy qismida joylashgan Limpopo provinsiyasidagi safari-park egasiga sherning hujum qilganligi videoga olindi, deb xabar qildi tengrinews.kz nashri.

Voqea 30 aprel kuni yuz berdi. Yirtqich to`satdan 67 yoshli Mayk Xojga hujum qildi. Mayk Xoj bundan 10 yil ilgari Buyuk Britaniyadan Afrikaga ko`chib kelib, yirtqich hayvonlarni saqlash markazini ochgan edi.

Sherni asabiylashtirgan yoqimsiz hidning sababini bilish uchun katakka kirgan erkakka sher hujum qilib, uni yiqitdi va o`t-o`lanlar orasiga sudradi.

Reynjerlardan biri quroldan o`q uzib, yirtqichni qo`rqitishga harakat qildi. Voqea guvohlari tez yordamga qo`ng`iroq qilishdi. Mayk Xoj bo`yni va jag`idan jarohatlandi. Ayni vaqtda uning hayoti xavf ostida emas.

Erkakka hujum qilgan sher esa otib o`ldirildi.

Boshqa yangiliklar