O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva so`nggi paytlar juda qizg`in ijodiy jarayonni boshdan o`tkazmoqda...
Xonanda kechagina xorijiy telekanallarning birida faoliyat yuritadigan jurnalist bilan suhbatlashdi. Vatanimiz haqida butun dunyoga namoyish etiladigan ko`rsatuvning tavsirga olish jarayoni haqida Rayhonning o`zi instagramdagi sahifasi orqali xabar bergan.
O`zbekistonning madaniyat sohasidan vakil sifatida Rayhonni tanlagan chet ellik ijodkor, yurtimiz, o`zbek san`ati haqida maroqli suhbatlashdi. “Buyuk Britaniyalik teleyulduz Joanna Lumley bilan bo`lgan intervyu judayam qiziq bo`ldi!” dey izohlaydi xonandaning o`zi...
Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston haqidagi mazkur ko`rsatuv yurtimizning mustaqillik bayrami arafasida namoyish etiladi.
Qaysi telekanal va efir vaqti haqida xonandaning o`zi instagram haqida ma`lum qiladi.