Germaniya polisiyasiboshpanasiz muhojirlarga qarshi reyd o`tkazishni boshladi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bir necha kun avval polisiya va muhojirlar orasida bo`lib o`tgan ziddiyatli vaziyatdan so`ng reyd o`tkazishga qaror qilingan. Germaniya polisiyasiva muhojirlar o`rtasida bundan uch kun oldin to`qnashuvlar yuzaga kelgan edi.
Mojarolar polisiya 23 yoshli yigitni deportasiya qilishga uringanidan keyin boshlangan. Muhojirlar deportasiya bo`limi oldida to`planib, uning ozod qilinishini talab qilishgach,to`qnashuvlar kelib chiqqan.
Odamlar polisiya mashinalarining oynalarini sindirishga urinishgan.To`qnashuvlarda 150 kishi ishtirok etgan. Shundan so`ng, Elvangen shahrida boshpanasiz muhojirlarni tekshirish bo`yicha reydlar boshlandi.
Ma`lumotlarga qaraganda, mamlakatga noqonuniy yo`llar bilan kirib kelgan qochoqlar soni tobora ortib bormoqda. Ularning aksariyati Nigeriya, Kamerun, Gvineya kabi mamlakatlar fuqarolaridir. Ta`kidlanishicha ushbu reydlar jamoat xavfsizligini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish maqsadida o`tkazilmoqda.






