Hindiston atrof-muhit ifloslanishi bilan bog`liq jiddiy muammoga duch keldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bergan ma`lumotlarga ko`ra,mamlakatning bir qator shaharlarida havoning har bir kub metrida 2,5 mikrogrammdan ortiq qattiq modda borligi aniqlandi.
Ushbu holat Yangi Dexli, Varanasi, Patna kabi yirik shaharlarda kuzatilmoqda. Yangi Dexli hozirda dunyodagi havosi eng ifloslangan shaharlar orasida 6 o`rinda turibdi.
Hukumat tomonidan havo sifatini nazorat qilishtizimini monitoringlash uchun 105 million dollar miqdorida mablag` ajratildi. Hozirda mamlakatning 4300 ta shaharlarida tekshiruvlar olib borilmoqda.
Agar vaziyat shu tariqa davom etsa, mamlakatga har tomonlama katta miqdorda moliyaviy zarar keltirishi mumkin. Sababi havoning ifloslanishi sayyohlar soning keskin kamayib ketishiga ham olib keladi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bergan ma`lumotlarga qaraganda, havoning ifloslanishi natijasida dunyo bo`ylab har yili 7 million nafar odam vafot etadi. Ular asosan Afrika va Osiyo davlatlarida yashashlari qayd etilgan.






