AsosiyDunyo

​Gavayida aholi manzilgohlari vulqon lavasi ichida qolmoqda

'​Gavayida aholi manzilgohlari vulqon lavasi ichida qolmoqda'ning rasmi

O`tgan kunlarda Gavayi orollarida kuzatilgan seysmik faollik tufayli hududdagi Kilauea vulqoni yana uyg`ondi. Vulqondan chiqayotgan lava oqimi aholi yashaydigan manzilgoh – Leilan Esteytsgacha etib kelgan.

“Hawaii News Now” portalining fuqaro muhofazasi mahalliy xizmati taqdim etgan ma`lumotga asoslanib, xabar berishicha, shu vajdan 10 mingga yaqin aholi doimiy yashash joyidan ko`chirilgan.

Kilauea sayyoramizdagi eng faol vulqonlardan sanaladi. Afsonalarga ko`ra unda Gavayi vulqonlari ma`budasi Pele yashaydi.

    Boshqa yangiliklar