AsosiyDunyo

​Kiev shahrida qizamiq bilan kasallangan aholi soni kun sayin oshib bormoqda

'​Kiev shahrida qizamiq bilan kasallangan aholi soni kun sayin oshib bormoqda'ning rasmi

Joriy yilning aprel oyida Kiev shahrida 722 nafar aholi qizamiq bilan kasallangani qayd etildi.

Ukraina Sog`liqni saqlash vazirligi yil boshidan buyon Ukrainada 12828 nafar fuqaro qizamiqqa chalinganini ta`kidladi. Ularning soni 24 aprel va 2 may oralig`ida 1143 nafarga ko`paygan.

Bu oldingi haftadagi ko`rsatkichlardan oshib ketgan, unda kasallikning avj olishi natijasida 1070 nafar fuqaro qizamiqqa chalingan edi.

Ta`kidlanishicha, hozirgi kunda kasallikka chalinganlarning aksariyati katta yoshdagilardir bo`lib, ular 595 nafarni, bolalar esa 548 nafarini tashkil etadi.

Eng yuqori kasallanish darajasi hali ham Ivan-Franko viloyatida yuqoriligicha qolmoqda, unda kasallanganlar soni 2034 nafarni, eng kam kasallanganlar esa Lugansk viloyatida 6 nafarni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar