AsosiyDunyo

Hindistonda kuchli bo`ron beton imoratlarni ham qulatmoqda

'Hindistonda kuchli bo`ron beton imoratlarni ham qulatmoqda'ning rasmi

Avvalroq Hindistonda kuchli qumbo`ronlari va jala kuzatilayotgani haqida xabar bergan edik.

OAVning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra Uttar-Pradesh, Rojaston, Uttarahand va Panjob shtatlarida qumbo`ronlari davom etmoqda. Ba`zi joylarda shamol tezligi soatiga 123 kilometrga etgan.

Tabiiy ofat tufayli qurbonlar soni ham oshib bormoqda. Mamlakat shimolida 127 ta inson halok bo`lgan bo`lsa, janubda yana 21 kishi yashin urishidan o`lgan. Minglab aholi o`z uylarini tark etmoqda.

“Xuddi qartadan yasalgan uychalardek, beton imoratlar bir-birining ustiga qulab tushmoqda. Daraxt, simyog`ochlar borki, barini kuchli shamol supirib tashladi. Biz xarobalar tagidan odamlarni chiqarib olib, shifoxonalarga jo`natmoqdamiz”, degan mahalliy polisiya vakili Narendra Sharma “Times of India” gazetasiga.

Meteorologlar ma`lumotiga ko`ra, Hindistonda ertaga ham kuchli bo`ron va jala kuzatiladi.

    Boshqa yangiliklar