Pokistonda mart oyida 45,5 °C (113,9F)ni ko`rsatgan issiq harorat aprelda 50,2 °C (122.4F)ga etdi.
news.sky.com ma`lumotlariga qaraganda, aprel oyida ham harorat chidab bo`lmas darajada keskin ko`tarilib ketishi oqibatida o`nlab odam hushidan ketgan, hatto issiqdan saqlanish maqsadida kanalga tushgan ikki o`smir cho`kib ketgan.

Ayniqsa, ishchilar va motosikl haydovchilariga qattiq ta`sir ko`rsatgan.

Dushanba kuni Janubiy Navabsha viloyatidagi issiq havo haroratini meteorologlar rekord darajasida baholadilar.
Washington Post gazetasining ob-havo bo`yicha eksperti Kristofer Bert buni rad etdi. Uning aytishicha, 2001 yil aprel oyida Meksikaning Santa-Roze shahrida issiq havo harorati 51°C (123.8F)ga etgan.
Lekin Osiyo qit`asida bu holat ilk bor kuzatilganligi uchun, Butunjahon meteorologiya tashkiloti Navabsha viloyatidagi aprel oyining bunday issiq haroratini qayd etdi.
Bugun Pokiston elektr tarmog`ini uzib qo`yishini ma`lum qildi, bu esa odamlarning ahvolini yanada og`irlashtiradi.
Ginnesning rekordlar kitobida qayd qilingan eng yuqori harorat 1913 yilning iyulida AQShning O`limlar vodiysida kuzatilgan bo`lib, 56,7 °C (134.1F)ga etgan.






