1

Abdulaziz Komilov Dushanbeda Piter Siyarto bilan uchrashdi

Siyosat 05.05.2018, 11:40
Abdulaziz Komilov Dushanbeda Piter Siyarto bilan uchrashdi

4 may kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Dushanbe shahrida Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Piter Siyarto bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O`zbekiston – Vengriya hamkorligining turli yo`nalishlardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, biznes munosabatlarini va ilmiy-madaniy almashinuvlarni faollashtirish, ta`lim muassasalari o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdan tomonlar birdek manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Vazirlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalarga alohida e`tibor qaratdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1