AsosiySport

Fotoreportaj: Azizbek Abdug`ofurov WBC Silver kamari sohibi!

'Fotoreportaj: Azizbek Abdug`ofurov WBC Silver kamari sohibi!  'ning rasmi

Poytaxtimizdagi muhtasham «O`zbekiston» sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Azizbek Abdug`ofurov rossiyalik Dmitriy Chudinovga qarshi ringga chiqdi.

12 raund davom etgan jangda g`olib ochkolar hisobiga ko`ra aniqlandi. Murosasiz kechgan jang yakuniga ko`ra Azizbek Abdug`ofurov 118:110, 118:110, 117:111 hisoblarida g`alaba qozondi va WBC Silver kamari sohibiga aylandi.

Jang kechasida quyidagi bellashuvlar bo`lib o`tdi:

Jamshid Najmiddinov – Kaxa Avetisiani (Gruziya) (Jamshid Najmiddinov 1-raundda nokaut evaziga g`alaba qozondi)

Bekzod Tursunboev – Roy Muxlis (Indoneziya) (Bekzod Tursunboev 1-raundda nokaut evaziga g`alaba qozondi)

Umid Rustamov – David Ribakoni (Gruziya) (Umid Rustamov 3-raundda nokaut evaziga g`alaba qozondi)

Ulug`bek Sobirov – Jorji Ungiadze (Gruziya) (Ulug`bek Sobirov 2-raundda nokaut evaziga g`alaba qozondi)

Olimjon Nazarov – Xvicha Gigolashvili (Gruziya) 100:91, 100:90, 100:90.

Jasur Ahmadjonov – Stevi Ongen Ferdinandus (Indoneziya) 80:70, 80:71, 80:72.

Qudratillo Abduqahhorov – Tvaxa Kiduku (Tanzaniya) 80:70, 80:72, 80:72.

Azizbek Abdug`ofurov – Dmitriy Chudinov (Rossiya) 118:110, 118:110, 117:111.

Janglardan olingan suratlarni tomosha qiling.

Milliy Olimpiya qo`mitasi tashabbusi bilan ushbu jang oqshomini tomosha qilish uchun qariyalar uyidan mehmonlar tashrif buyurdi. Bu yaqinlashib kelayotgan bayram uchun faxriylarimizga o`ziga xos sovg`a bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar