1

20 yil davomida xorijda ishlagan vatandoshimiz O`zbekistonga qaytib vazir o`rinbosari sifatida faoliyat boshladi

Siyosat 07.05.2018, 09:27
20 yil davomida xorijda ishlagan vatandoshimiz O`zbekistonga qaytib vazir o`rinbosari sifatida faoliyat boshladi

Otabek Nazirov Innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari sifatida faoliyatini joriy yilning may oyidan boshladi, deb xabar bermoqda O`zA.

U monetar siyosat, bank tizimi, byudjet siyosati, soliq tizimi, ijtimoiy xizmatlar, pensiya ta`minoti, qishloq va suv xo`jaligini rivojlantirish, shuningdek, demografiya va aholi bandligini tadqiq etish bo`yicha innovasion echimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish masalalari bilan shug`ullanadi.

Ma`lumot o`rnida: Otabek Anvarovich Nazirov 1975 yili Toshkentda tug`ilgan. AQShning Nyu-York shtatidagi Stouni-Bruk Davlat universitetida makroiqtisodiyotchi mutaxassisligini egallagan. Turli yillar davomida AQShning GOLDMAN SACHS GROUP, Moskvadagi TROYKA DIALOG va BANK MDM, Vashingtondagi THE AVACENT GROUP hamda Nyu-Yorkdagi JP MORGAN CHASE kompaniyalarida ham faoliyat yuritgan.

Vazir o`rinbosari sifatida faoliyatini boshlaguniga qadar Otabek Nazirov Londondagi Evropa tiklanish va taraqqiyot bankida sanoat sektoriga investisiyalarni kiritish bo`limining Bosh Hududiy bankiri lavozimida ishlagan. Sanoat, ko`chmas mulk, farmasevtika sanoati, kimyo, qurilish materiallari va xalq iste`moli mollari kabi iqtisodiyotning turli sohalariga investisiyalar kiritish bo`yicha 50 dan ziyod loyihalarni ishlab chiqqan va moliyalashtirgan.

Qozog`iston, Mo`g`iliston, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston bo`yicha loyihalarni boshqargan va muvofiqlashtirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1