1

O`zbekiston delegasiyasi Kann xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda

Madaniyat 11.05.2018, 09:47
O`zbekiston delegasiyasi Kann xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda

O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida o`z paviloni bilan ishtirok etayotgan O`zbekiston delegasiyasi o`z ishini davom ettiryapti, deb yozadi O`zA.

Delegasiya a`zolari taniqli kinoprodyuser, distribyuterlar bilan muzokaralar olib borib, ularni O`zbekistonda kino uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib borishyapti.

Shuningdek, festivalda namoyish etilayotgan filmlar, Kann shahriga tashrif buyurgan mutaxassislar va ishtirokchilarni Toshkentda bo`lib o`tadigan “PROlogue” xalqaro kinofestivaliga jalb etish bo`yicha qizg`in ish davom etmoqda.

festival

O`zbek delegasiyasi turli mamlakatlar pavilonlariga ham tashrif buyurib, u erda tashkil etilayotgan ma`ruzalar, mahorat darslari, uchrashuvlarda ham faol ishtirok etib, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo`lishyapti. Undan tashqari xorijiy davlatlar pavilonlari mutaxassislaridan mamlakat yoshlari tomonidan ishlab chiqarilgan to`liq hamda qisqa metrajli filmlar haqida axborotlar olinib, ulardan “PROlogue” xalqaro kinofestivali uchun ma`lumotlar bazasi yaratilmoqda.
festival

10 may kuni o`zbek delegasiyasi rahbari Oybek Abdushukurov Turkiyada eng nufuzli uchtalikka kiruvchi Malatya xalqaro kinofestivali rahbari Suat Kocher bilan anglashuv memorandumi imzoladi. Mazkur memorandumga ko`ra, har ikki festival doirasida maxsus stendlar tashkil etiladi, Toshkentda bo`lib o`tadigan kinofestivalda turkiyalik, Malatyada tashkil etiladigan xalqaro kino bayramida o`zbekistonlik mutaxassislar ishtirok etishadi. Tomonlar o`zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo`lishadi.

Bir so`z bilan aytganda, O`zbekiston delegasiyasi jahon kinobozorida o`zining munosib o`rnini egallash uchun ilk qadamni tashlay oldi.

festival

festival

festival

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1