Toshkentda sport kurashlari bo`yicha o`smirlar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda MOQ.
Bugun bahslarda yunon-rum kurashchilar sovrinli o`rinlar uchun kurash olib bordilar. Quvonarlisi, -60kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Asilbek Nematov barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratdi va Osiyo chempionligini qo`lga kiritdi. Ushbu chempionlik Asilbekka III yozgi o`smirlar Olimpiya o`yinlariga lisenziyani ham taqdim etdi.
Shuningdek, Amirbek Sultonov (-55kg) va Muhammadali Saydullaev (-110kg) kumush, Abror Atabaev (-48kg), Lazizxon O`zbekov (-51kg) hamda Abrorbek Nurmuhammedov (-92kg)lar bronza medali sohibiga aylandilar.
Ma`lumot uchun, ertaga yunon-rum kurashida yana uchta vazn toifasida bellashuvlar bo`lib o`tadi. Shuningdek, musobaqa davomida ayollar kurashi va erkin kurash bahslari ham o`tkaziladi.
Ushbu musobaqada ulardan nafaqat oltin medallar, balki Argentinada o`tkaziladigan III o`smirlar Olimpiya o`yinlariga lisenziyalar ham kutib qolamiz.









