AsosiySport

Ertaga Fazliddin G`oibnazarov jang qiladi

'Ertaga Fazliddin G`oibnazarov jang qiladi'ning rasmi

Ayni paytda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Olimpiada chempioni Fazliddin G`oibnazarov ertaga o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi.

Bokschimiz Sakkiz raunddan iborat jangda meksikalik Xesus Silveyraga qarshi ringga ko`tariladi.

Ma`lumot uchun, Fazliddin professional boksda shu kungacha 3ta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozona olgan (1tasi nokaut bilan). Xesus Silveyra esa 15ta jang o`tkazib, ularning 8tasida g`alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). 5ta jangda mag`lubiyatga uchragan va yana 2ta to`qnashuvda durang qayd etgan.

Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, bugun bokschilar ishtirokida vazn o`lchash marosimi bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar