AsosiyJamiyat

Rafael Nektalov: AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi O`zbekiston Prezidentining AQShga tashrifini olqishlaydi

'Rafael Nektalov: AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi O`zbekiston Prezidentining AQShga tashrifini olqishlaydi'ning rasmi

Nyu-York shahrining «Bukharian Times» haftalik nashri bosh muharriri O`zbekiston Prezidentining AQShga qiladigan rasmiy tashrifi yuzasidan maxsus sonni tayyorlash ustida ish olib bormoqda.

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressining koordinatori Rafael Nektalov «Uzbekistan Today» Axborot agentligi jurnalistiga bergan intervyusida, o`rtadagi uzoq masofaga qaramay, asli o`zbekistonlik bo`lganlar ona Vatanni sog`inch bilan eslashlarini ma`lum qildi.

«Chet elda yashashimga qaramay, O`zbekistonga tez-tez borib turaman, juda ko`pchilik mendanAQShda yashab turib, nima uchun O`zbekistonga bog`liq masalalar bilan shug`ullanayotganligim haqida so`rashadi. Chunki O`zbekiston zaminida yaqinlarim, qarindoshlarim, xotiralarim qolgan.Bugungi kunda ular bilan iliqlikni, turli millatlar orasidagi do`stlikni saqlab qolish asosiy vazifalarimizdan biridir. Biz O`zbekistonning tinchliksevar siyosatini qo`llab-quvvatlaymiz», – dedi R.Nektalov.

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylar hamjamiyatining rus-o`zbek-tojik tillarida nashr etiluvchi haftaligimiz mamlakatlar o`rtasida do`stlik rishtalarini o`rnatishga xizmat qilishni o`z oldiga maqsad qilgan.

«Biz O`zbekiston va hozirda yashayotgan Amerikada o`rtasida iliq va do`stona munosabatlar saqlanishiga harakat qilamiz. «Xalqona diplomatiya» bu masalada chiroyli va go`zal ibora emas, balki harakatdagi mexanizm bo`lishi lozim. Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan O`zbekistonda o`tkazilayotgan o`zgarishlar va yangiliklar haqida mahalliy aholiga ma`lumotlar etkazish eng muhim vazifamizdir.

Amerikani — o`zbek-amerika hamjamiyati, senatorlar, kongressmenlar va oddiy xalqni yangi O`zbekiston bilan tanishtirishda davom etamiz. Shuning uchun ham O`zbekiston rahbarining rasmiy tashrifi haqida gazetamizning maxsus sonini chiqarishga qaror qildik.

    Boshqa yangiliklar