Gollivudning veteran aktyorlaridan biri Silvestr Stallone beshinchi marta Rembo rolini ijro etadi, deya xabar bermoqda Mir24.tv nashri.
Filmning suratga olish ishlari sentyabr oyida boshlanadi.
“Rembo: so`nggi qon”da bosh rol ijrosidan tashqari 71 yoshni qarshilagan Stallone ssenariy muallifligi hamda rejissyorlikni ham o`z qo`liga oladi.
Syujet bo`yicha, urush veterani Rembo o`zining ranchosini tark etib, AQSh va Meksika chegarasini bosib o`tadi. Bu yo`lda u do`stlaridan birining qizini jinoyatchilarning changalidan qutqaradi.
Shuningdek, Stallone “Krid: Rokkining merosi” filmining davomini ham suratga olish niyatida.







