Bugun Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G`oibnazarov professional boksdagi to`rtinchi jangini o`tkazadi.
Ushbu jangda charm qo`lqop ustamizga meksikalik Xesus Silveyra raqiblik qildi. Sakkiz raunddan iborat jang teng yarmiga kelganida yakunlandi. To`rtinchi raundda Fazlining chap qo`lda qisqa masofadan bergan aniq va kuchli zarbasidan so`ng meksikalik bokschi nokautga uchradi.
Ma`lumot uchun, Fazliddin G`oibnazarov prof ringdagi to`rtinchi g`alabasini nishonladi. Nokautlar soni ikkitaga etdi. Uning raqibi Xesus Silveyra esa bugungisi bilan qo`shib hisoblaganda 16ta jang o`tkazgan. Shularning 8tasida g`alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). Bugungi oltinchi mag`lubiyatini qarshiladi. Yana ikkita jangda durang qayd etilgan.






