AsosiyJamiyat

Siyosiy boshpana berish to`g`risidagi iltimosnoma shakli tasdiqlandi

'Siyosiy boshpana berish to`g`risidagi iltimosnoma shakli tasdiqlandi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirining buyrug`i (10.05.2018 yilda 3008-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan)bilan siyosiy boshpana berish to`g`risidagi iltimosnoma shakli tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Eslatib o`tamiz, uni olish tartib-taomillari O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to`g`risidagi nizom (29.05.2017 yildagi PF–5060-son Farmonga ilova) bilan belgilanadi. Tushuntirishlar – bu erda.

Hujjatda o`zi to`g`risidagi standart ma`lumotlardan (F.I.O., tug`ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, millati va pasport ma`lumotlari) tashqari shaxs boshqa davlatda yoki yashash joyida nimalar uchun ta`qib qilinayotganligini, shuningdek bunday xavf yuzaga kelishi sabablarini ko`rsatish talab etiladi.

Bundan tashqari, iltimosnomada siyosiy boshpana so`ralayotgan yaqin qarindoshlarni ham ko`rsatish mumkin. Bu holda ular ham iltimosnomani imzolashlari kerak bo`ladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 10.05.2018 yildan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar