AsosiyJamiyat

Diana Enikeevaning o`limiga sababchi bo`lgan shaxslar ustidan sud hukmi o`qildi

'Diana Enikeevaning o`limiga sababchi bo`lgan shaxslar ustidan sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Samarqandlik o`qituvchi Diana Enikeevaning fojiali o`limi bilan bog`liq voqeadan ko`pchilik xabardor. Shu yilning mart oyida obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan o`qituvchilardan biri bo`lgan bu ayol katta yuk mashinasi urib yuborishi natijasida olgan tan jarohati tufayli vafot etgan edi.

Diananing o`limida aybdor shaxslar ustida sud hukmi o`qildi. Oliy sud matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, jinoyat ishlari bo`yncha Samarkand viloyat sudining 2018 yil 10 maydagi hukmiga ko`ra, Musoxon Muzaffarovga Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan, Jinoyat kodeksi 45-moddasini qo`llab, bir yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda muddati ikki yilga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, deb yozadi O`zA.

Alisher Jumanazarovga Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan, Jinoyat kokdeksi 45-moddasini qo`llab, bir yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda muddati ikki yilga axloq tuzatish ishlari jazosi berilgan.

Sud hukmida qayd etilishicha, Kattaqo`rg`on tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlagan M.Muzaffarov o`ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqib, tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri A.Jumanazarovga ta`lim muassasalari xodimlarini ularning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarga, ya`ni avtomobil yo`lining chetlarini begona o`tlardan tozalash, daraxtlarni va yo`lning qatnov qismini ikkiga bo`luvchi beton to`siqlarni oqlashni topshirgan.

D.Enikeeva esa ushbu topshiriqni bajarayotganda foijali ravishda qurbon bo`lgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tuman sudining 2018 yil 1 maydagi hukmiga ko`ra, Diananing o`limiga sabab bo`lgan yo`l-transport hodisasini sodir etgan Akromjon Elmurodov Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi uch yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Shuningdek, jabrlanuvchi A.Enikeev tomonidan kiritilgan da`vo arizasi qisman qanoatlantirilib, A.Elmurodov hisobidan jabrlanuvchi A.Enikeev foydasiga 19,7 million so`m moddiy hamda 25 million so`m ma`naviy zararlar undirish belgilangan.

Sud hukmiga ko`ra, jinoyat ishining Samarqand viloyat IIB IHXB xodimlariga oid qismi alohida ajrim bilan material tariqasida ajratilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tumani sudi tomonidan chiqarilgan hukmdan norozi bo`lgan mahkum A.Elmurodov va uning himoyachisi tomonidan apellyasiya tartibida shikoyat arizasi 2018 yil 4 may kuni berilgan hamda ushbu shikoyat rasmiylashtirilib, jinoyat ishi apellyasiya sudlov hay`atida ko`rish 2018 yilning 22 may kuniga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar