Futbol muxlislariga ma`lumki, shu yilning 19 may kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Tehronda Eron terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda MOQ.
Rossiyada bo`lib o`tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi bo`lgan Eron bilan bo`ladigan o`yin navbatdagi katta musobaqalar oldidan futbolchilarimiz uchun tajriba maktabi vazifasini o`tab berishi aniq.
Ushbu o`yinda O`zbekiston milliy terma jamoasiga legioner futbolchilar jalb etilmaydi va asosan Osiyo o`yinlarida ishtirok etishi mumkin bo`lgan yosh futbolchilar xizmatidan foydalaniladi.
Quyida O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi vazifasini vaqtincha bajarib turgan Temur Kapadze Eron bilan bo`ladigan o`yinga tanlab olgan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabonlar:
Umidjon Ergashev – «Nasaf»
Botirali Ergashev – «Navbaxor»
Rahimjon Davronov – «Mash`al»
Himoyachilar:
Rustamjon Ashurmatov – «Bunyodkor»
Islomjon Qobilov – «Bunyodkor»
Akramjon Komilov – «Bunyodkor»
Doston Tursunov – «Neftchi»
Hojiakbar Alijonov – «Paxtakor»
Abbosjon Otaxonov – «Metallurg»
Doniyor Narzullaev – «Nasaf»
Yarim himoyachilar:
Odiljon Hamrobekov – «Nasaf»
Azizjon G`aniev – «Nasaf»
Javohir Sidiqov – «Qo`qon 1912»
Azizbek Turg`unboev – «Navbahor»
Jasur Yaxshiboev – «Paxtakor»
Jaloliddin Masharipov – «Paxtakor»
Islom Kenjaboev – «Nasaf»
Xurshid G`iyosov – «Bunyodkor»
Sardor Sobirxo`jaev – «Bunyodkor»
Hujumchilar:
Zabihillo O`rinboev – «Metallurg»
Andrey Sidorov – «Qizilqum»






