AsosiyMoziydan sado

Video: Toshkent viloyatidan Payg`ambar alayhissalomning mo`yi muboraklari topildimi?

'Video: Toshkent viloyatidan Payg`ambar alayhissalomning mo`yi muboraklari topildimi? 'ning rasmi

“Dunyo bo`ylab” telekanali ijodkorlari Toshkent viloyati Piskent tumaniga ijodiy safar qilishdi. Tasvirga olish jarayoni davomida Hakim Polvonov nomidagi jamoa xo`jaligida istiqomat qiluvchi Qo`ydiniso Quronova xonadonida 4 avloddan beri Payg`ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallamning muborak mo`ylari saqlanib kelinayotganligi haqidagi xabarga duch kelishgan. “Biz uni tasvirga olishdan avval O`zbekiston musulmonlari idorasiga murojaat qildik. Bu topilma ularni ham qiziqtirib qoldi”, deydi jurnalist U.Hamroqulov. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari saytida xabar berildi.

Qishloqdagi oddiy xonadonda 14 asrga teng mo`yi muborakning borligi, to`g`risi, barchani hayratga soladi. Payg`ambarimizning mo`ylari kichkina shisha idishdagi suvda saqlanarkan. Shayx hazratlari boshchiligidagi ijodiy guruh uni diqqat bilan o`rganib chiqdi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari: “Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tegishli bo`lgan buyumlar, uy anjomlari hozirgi kunda dunyoning sanoqli davlatlaridagina saqlanadi. Mo`yi muborak Orif akaga bobosining akasidan meros. U to`rtinchi avlod vakili hisoblanadi”, - dedilar.

Hozirda diniy idora ekspert mutaxassislari tomonidan ushbu muborak topilma chindan ham Rasululloh sollallohu alahi vasallmaga tegishli yoki tegishli emasligi o`rganilmoqda.

Boshqa yangiliklar