Bugun Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari Shuhrat Turdiqulovning "Yangibog`" mahallasida yashovchi oila a`zolari diniy ekstremizmga aralashuvi ayblovi bo`lgan nuroniy xonadoniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O`zA.
"Nuroniyning o`g`li diniy ekstremizmga aloqadorligi bois 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Hokim o`rinbosari ularning oilasi ro`yxatdan chiqarilganini, endi ularni hech kim bezovta qilmasligini ma`lum qildi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Sh.Turdiqulov muloqotlar davomida oilani bir uyda siqilib qolganini angladi va Sergeli tumanida yangi qurilayotgan uylardan imtiyozli ravishda uy olishlarini tavsiya qildi.
Nuroniyga nogironlar aravachani, hamda sovg`alar topshirildi.

Hokim o`rinbosari shu mahallada yashovchi, ayni paytda qidiruvda bo`lgan fuqarolar bilan ham qiziqdi.
Agar o`z ayblariga iqror bo`lib, sidqidildan kechirim so`rab kelgan shunday fuqarolar avf etilishi borasida tushuntirdi.






