1

2018 yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari miqdori ma`lum bo`ldi

Hidoyat sari 17.05.2018, 10:27
2018 yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari miqdori ma`lum bo`ldi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati milodiy 2018 yil (hijriy 1439 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi o`rtacha narxi 188 235 (bir yuz sakson sakkiz ming ikki yuz o`ttiz besh) so`m atrofida ekanini e`tiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 (o`n olti million) so`m ekani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya`ni 400 000 (to`rt yuz ming) so`m miqdorda zakot chiqarishni ma`qulladi.

Bu yilgi FITR sadaqasining miqdori viloyat, shahar va tumanlarimizning bozorlaridagi 2 kilogramm bug`doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. Masalan, 2018 yilda Toshkent shahar bozorlarida 1 kilogramm bug`doyning narxi o`rtacha 2500 (ikki yarim ming) so`m bo`lsa, demak 2 kilogramm bug`doy narxi 5000 (besh ming) so`m bo`ladi.

Bu yilgi FIDYa miqdori doimiy uzr bilan ro`za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo`lib, o`rtacha 12 000 (o`n ikki ming) so`m, deb belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1