AsosiyJamiyat

O`zbekiston ilk bor muqobil energetikani milliy brend sifatida namoyish etmoqda

'O`zbekiston ilk bor muqobil energetikani milliy brend sifatida namoyish etmoqda'ning rasmi

“O`zikkilamchiranglimetall” AJga qarashli MDH mamlakatlarida yagona bo`lgan sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarish zavodi «EXENERGY» brendi ostida o`z mahsulotlarini taqdim etmoqda.

Namoyish 16-18 may kunlari «O`zekspomarkaz» Milliy ko`rgazmalar majmuasi pavilonlarida o`tkazilayotgan «Energiya, energiya tejash va muqobil energiya manbalari» 13-Xalkaro ko`rgazmasida bo`lib o`tmoqda.

Zavod «EXENERGY» brendi ostida O`zbekiston Respublikasining sanoat tizimida birinchilardan bo`lib, ishlab chiqarish siklini butunligicha o`z ichiga qamrab olgan sanoat akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish tizimini yo`lga qo`ymokda.

Mazkur loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PP-3012 sonli «2017 — 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tabdirlari dasturi to`g`risida»gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Milliy «EXENERGY» brendi ostida bunday yuqoritexnologik va zamonaviy ishlab chiqarish tizimini yo`lga qo`yishdan ko`zlangan maqsad O`zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanishini yanada takomillashtirish, o`zining ishlab chiqarishga mo`ljallangan mahsuloti bilan Davlatimiznig muqobil energetika va qayta tiklanuvchi energetika sohalarini, zahira quvvat manbalari va telekommunikasiya sohalarini rivojlantirish, hamda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarida energiya samaradorligini yanada oshirishdir.

Zavod bugungi kun talablariga va dunyo sifat standartlariga to`laligicha javob beradigan, iste`molchilarning barcha talablarini qondira oladigan, zamonaviy va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilib qo`ygan.

    Boshqa yangiliklar