Toshkent viloyatining Qibray tumanida 14 may kuni IIV huzuridagi Tergov departamentidan tushgan hujjatlarga ko`ra, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi N.A. 2017 yil 13 dekabr kuni Zafarobod qishlog`i hududidagi aylanma yo`llar orqali O`zbekiston Respublikasidan Qozog`iston Respublikasiga chiqib ketmoqchi bo`lgan.
Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Ushbu shaxs shu hududda xizmat olib borayotgan chegara posboni F.T.ga faol qarshilik ko`rsatib, uning chap oyoq son va chap ko`krak qismlariga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.






