AsosiyDunyo

Kolumbiyada suv to`g`oni qulashi mumkin

'Kolumbiyada suv to`g`oni qulashi mumkin'ning rasmi

Kolumbiyada suv to`g`onining qulash xavfi borligi aniqlandi. Shu sababli ayrim hududlarda tezkor evakuasiya tartibi joriy qilingan, deya xabar berdi Mirror nashri.

Kolumbiyada qurilayotgan gidroelektrik konning qurilish ishlari nihoyasiga etgach, Kauka daryosida suv sathi keskin ko`tarilib ketdi. Bu esa suv to`g`oning qulashiga olib kelishi mumkin. Suv devorining buzilishi Antiokia va unga qo`shni bo`lgan provinsiyalar uchun xavfli holatdir. Ushbu hududlarda yashovchi 5000 kishini zudlik bilan evakuasiya qilish ishlari boshlandi.

Qurilgan yangi gidroelektrik kon mamlaktdagi eng katta loyiha hisoblanadi. Bu erda hali elektr energiyasi ishlab chiqarish ishlari boshlanmagan. Uni qurish ishlariga esa 4 milliard dollar miqdorida mablag` sarflangan edi. Agar taxmin qilinayotgan voqea ro`y bersa, Antiokiya, Bolivar,Kordoba provinsiyalaridagi 12 ta shahar suv ostida qoladi. Bu erda istiqomat qiluvchi aholining umumiy soni esa 200 mingdan ortiqdir.

    Boshqa yangiliklar