AsosiyDunyo

Kataloniyaning yangi rahbari o`z faoliyatini boshladi

'Kataloniyaning yangi rahbari o`z faoliyatini boshladi'ning rasmi

Bir necha kun avval Kataloniyaning yangi rahbari etib tayinlangan Kim Torra o`z lavozimini bajarishga rasman kirishdi, deya ta`kidlamoqda Tvzvezda.ru nashri.

Kim Torra 14 may kuni Kataloniyaning 131-rahbari etib saylandi. U Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonning yaqin do`sti hisoblanadi. Torra saylov oldidan Puchdemonni Kataloniyaning “qonuniy rahbari” deb atab saylanadigan bo`lsa, Kataloniya mustaqilligi uchun kurashni davom ettirishga va`da bergan edi. U Kataloniya parlamentida 66 ta ovozni qo`lga kiritgan.

Biroq Torra qasamyod keltirish vaqtida Ispaniya qiroli Filipp VI va ispan konstitusiyasini eslab o`tmagan. Ko`plab tahlilchilar bu holatni Torra mamlakat qiroliga va konstitusiyasiga qasamyod qilmaganini anglatadi, deya izohlashmoqda. Marosimda Ispaniya hukumati a`zolari ishtirok etmagan. Ta`kidlanishicha, u Kataloniya mustaqilligini qo`llab-quvvatlovchi va hibsga olingan siyosatchilar bilan birdamlik ramzi sifatida sariq tasmani taqib olgan.

    Boshqa yangiliklar